Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi (+video)
16:12 / 2026-03-10

Rossiya va AQSH prezidentlari dekabrdan beri ilk bor telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar berdi DW nashri.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning bildirishicha, ular suhbat davomida Eron va Ukrainadagi urushni muhokama qilishgan hamda  bu suhbat Tramp tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.  

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-mart kuni amerikalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatda Erondagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan. Bu haqda bir nechta Rossiya OAVlari Putin yordamchisining bayonotiga tayanib xabar tarqatdi.

Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan vositachilik harakatlari uchun AQSH va shaxsan Trampning sa’y-harakatlariga ijobiy baho bergan. Suhbat taxminan bir soat davom etgan va Kreml bayonotida aytilganidek, “ishchan, ochiq” ruhda kechgan.

Suhbatda Putinning aynan qanday takliflar berganligi ochiqlanmagan. Vashingtonda esa Trampning Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati hozircha rasman izohlanmadi.    

<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/cfgbpDTJKVo" title="Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>   

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA