Putin: Rossiya va Erondagi ko‘plab loyihalar Homanaiy ko‘magi tufayli amalga oshirilmoqda
Rossiya Federatsiyasi va Eronning ko‘plab loyihalari Eron oliy rahnamosi Ali Homanaiy ko‘magi tufayli olg‘a siljimoqda, Moskva uni yanada qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandda SHHT sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan bo‘lgan uchrashuvda.
“Yaqinda Eron oliy rahbari bizni Tehronda qanday iliq kutib olganini eslayman, uning qo‘llab-quvvatlashi tufayli ko‘plab loyihalar olg‘a ketmoqda. Biz kelajakda uning qo‘llab-quvvatlashidan manfaatdormiz. Unga eng ezgu tilaklarimni yetkazing", – dedi Putin.
Putin va Homanaiy 22 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentining Eronga ish safari chog‘ida uchrashgan edi.