English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Pxenyanda KXDR yetakchisi bilan uchrashdi
11:01 / 2024-06-19

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi poytaxtiga yetib bordi.

Oliy darajali mehmonni Pxenyan aeroportida shaxsan Kim Chen In kutib oldi.

Shahar markazidagi Kim Ir Sen maydonida ikki davlat rahbarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Putin bundan oldin Pxenyanga 24 yil avval – 2000 yil iyulda, prezidentlik inauguratsiyasidan ikki oy o‘tib tashrif buyurgan. O‘sha payt KXDR yetakchisi Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir edi.

Kim Chen In 2019 yil birinchi marta Vladivostok shahriga poyezdda kelib, Putin bilan uchrashgan.

RF Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlashicha, Rossiya teng huquqli muloqot tarafdori sifatida har qanday qiyinchilikka qaramay, dunyoning barcha davlatlari, ayniqsa eng yaqin qo‘shnilari bilan hamkorlikka ochiqligini ko‘rsatmoqda.

O‘.Alimov, O‘zA