Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin: Poroshenkoga Rossiyadan boshpana berishga tayyormiz
13:24 / 2022-02-08

Ukrainada Pyotr Poroshenkoning ta’qib qilinishi asnosida Vladimir Putin Rossiya sobiq prezidentga boshpana berishga tayyorligini bildirdi. RF yetakchisi bu haqda fransuz hamkasbi bilan muzokara yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Qayd etilishicha, Putin hali Ukraina prezidenti bo‘lgan vaqtidayoq Poroshenkoga siyosiy boshpana taklif qilgan. Sobiq Ukraina rahbari esa o‘shanda "bu masalani juda kinoyali" deb qabul qilgan. 
"Bugun men Donbassni tartibga solish masalasida o‘zaro jiddiy kelishmovchilik mavjudligiga qaramay, taklifimni yana bir bor tasdiqlamoqchiman", degan Putin. Donbass mojarosi yechimi haqida gapirarkan, Rossiya prezidenti Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortayotganini, amalda murosaga o‘rin qoldirmaslik yo‘lini belgilab qo‘yganini ta’kidladi.