Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qildi
12:43 / 2024-02-20

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga shaxsiy foydalanish uchun rus avtomobilini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda “The Telegraph” nashri.

Kimning singlisining aytishicha, bu sovg‘a “oliy rahbarlar o‘rtasidagi alohida shaxsiy munosabatlarning yaqqol namoyishi”.

Bu mashina “Aurus Senat” zirhli sedan yoki limuzin bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda ayrim ekspertlar.

Kim Chen In qimmatbaho xorijiy avtomobillar parkini ko‘z-ko‘z qilishdan charchamaydi. O‘tgan yilning dekabr oyida u 200 ming dollarlik zirhli “Mercedes Maybach S560” mashinasida ko‘rinish bergan.

Hashamatli avtomobillarga bo‘lgan muhabbat avloddan avlodga xosdir. Shimoliy Koreyani boshqargan Kimning bobosi o‘zining “ZIS” sovet limuzinini yaxshi ko‘rgan, Kimning otasi esa “Mercedes-Benz” muxlisi bo‘lgan.

2022 yilning o‘rtalarida Kim va Putin Rossiyaning “Vostochnыy” kosmodromida uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan. O‘shanda xorijiy nashrlar Pxenyandan Moskvaga qisqa masofali ballistik raketalar va bir milliondan ortiq snaryadlarning dengiz orqali jo‘natilgani haqida xabar bergan edi.

Kim o‘sha safardan miltiq va harbiy dron sovg‘alari bilan qaytdi va ikki davlat mudofaa masalalaridan turizmgacha bo‘lgan munosabatlarni mustahkamlashga va’da berdi.

Prezident Putin Kimning tashrifiga javoban tez orada Pxenyanga borishi kutilmoqda.

O‘.Alimov, O‘zA