Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Hindistonda (+video)
10:34 / 2025-12-07

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik davlat tashrifi bilan Hindistonga keldi. Ayni vaqtda Hindiston RF neftini xarid qilayotgani uchun AQSH tomonidan joriy etilgan import bojlariga duch kelmoqda.

Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonlar o‘rtasida rus nefti uchun to‘lovni Qo‘shma Shtatlar sanksiyalaridan chetlab o‘tish imkonini beruvchi muqobil mexanizmlar ham muhokama qilinishini aytgan

Ma’lumki, Hindiston Rossiya qurol-aslahasining eng yirik xaridori. Shuningdek, hozirgi kunda ushbu o‘lka importidagi neftning 35 foizdan ortig‘i RF to‘g‘ri keladi. 

– Vladimir Putinning hind diyoriga tashrifi Rossiyaning xalqaro maydonda yakkalanib qolmaganidan G‘arbga belgi, -dedi Javoharl’al Neru universiteti professori Radjan Kumar.

Uning ta’kidlashicha, Hindiston – Rossiya munosabatlari strategik ahamiyatga ega. Bu Dehliga G‘arb va Xitoy bilan geosiyosiy muvozanatni saqlashda yordam beradi. 

– Ukrainadagi nizo boshlanganda Hindiston Moskva va G‘arbni ranjitmaslikka harakat qildi, ziddiyatni to‘xtatishga chaqirgan bo‘lsa-da, ammo Rossiyani ochiq tanqid qilmadi, -deydi professor R.Kumar.

Hindiston sobiq tashqi ishlar vaziri Kanval Sibal fikricha, AQSH Hindistonni Rossiya bilan aloqalarni qisqartirishga undashi mumkin, ammo Dehli bunga rozi bo‘lmaydi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sN4vi7yB1es" title="Putin Hindistonda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

– Hindiston AQSH bilan foydali sohalarda hamkorlik qiladi, ammo Rossiyaning strategik ahamiyatini ham yo‘qotmaydi, -dedi Sibal. 

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA