English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin: G‘arb koalitsiyasi Rossiya taklifiga e’tiborsiz
14:41 / 2022-02-08

Rossiyaning AQSH va NATO bilan xavfsizlik kafolati bo‘yicha muloqoti hali tugagani yo‘q, dedi Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Kremldagi uchrashuvi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Bu haqda “REGNUM” xabar bermoqda. “Men mazkur masala bo‘yicha o‘zaro muloqotimiz shu bilan tugadi, deb hisoblamayman”, dedi Putin. Ayni payt Rossiya prezidenti NATO va AQSH o‘z javobida Moskvani xavotirga soluvchi asosiy jihatlarga e’tibor qaratmaganini ta’kidladi.

Uningcha, g‘arb bu takliflarga, shunchaki, mensimasdan, e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan.

Avvalroq, Germaniya rasmiylari AQSHni Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyani qisqartirishga chaqirgandi.