Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin bilan Zelenskiy uchrashuviga tayyorgarlik boshlanganmi?
17:37 / 2021-05-20

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lishi kutilayotgan uchrashuvga tayyorgarlik bo‘yicha ishlar olib borilayotganini tasdiqladi, biroq bu uchrashuv qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi. Rossiya davlati rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda shu haqda ma’lumot berdi.

«Haqiqatan ham biz tomondan ushbu uchrashuvga tayyorgarlik bo‘yicha aloqalar olib borilmoqda. Olib borilayotgan muzokaralarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak ishtirok etmoqda. Haqiqatan ham muhokama qilinadigan mavzular ko‘rib chiqilmoqda», - dedi Kreml vakili.

Ammo, «jarayon oson kechmayapti», dedi Peskov. U prezidentlarning uchrashishi mumkin bo‘lgan muddati ma’lummi deb berilgan savolga yo‘q deb javob bergan va kun tartibida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan masalalar haqida ham aniq javobni aytmagan.

Bundan avvalroq Ukraina prezidenti uning ofisi Rossiya tomoni bilan ikki davlat prezidentlari o‘rtasida uchrashuvni tashkillashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqda ma’lum qilgan edi.

Zelenskiy ushbu xabarni prezidentlik lavozimiga o‘tirganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan matbuot anjumanida aytgan.