Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin AQSH prezidentining maxsus vakili bilan uchrashadi
17:00 / 2025-12-01

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan 2 dekabr kuni Moskvada uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Putin muzokaralarga tayyorgarlik doirasida bir qator yopiq majlislar o‘tkazadi. Muzokaralar yakunida tomonlar qo‘shma bayonot berishi ham ehtimoldan xoli emas.

Avvalroq, Uitkoff Florida shtatida Ukraina vakillari bilan muzokaralarda ishtirok etgan edi. Suhbat davomida Vashingtonning tinchlik tashabbusiga doir masalalar muhokama qilingan. 

D.Hakimov, O‘zA