Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pusanda “Samarqand savdo uyi” ochiladi
08:59 / 2025-07-22

Shu kunlarda Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Pusan shahri meri Pak Xyong Chun bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida A.Boboyev Samarqandning Markaziy Osiyodagi asosiy logistika markazlaridan biri hisoblanishi, yirik avtomobil hamda temir yo‘l yo‘nalishlari orqali tovarlarni tez va samarali yetkazib berish imkoniyati haqida ma’lumot berib, koreyalik tadbirkorlarni hamkorlikda ishlashga taklif etdi. Hududlar o‘rtasida ishga solinmagan imkoniyatlardan kelib chiqib, elektronika va elektrotexnika, metallurgiya, farmatsevtika va biofarmatsevtik bo‘yicha birgalikda loyihalarni amalga oshirish, KOICAning Samarqanddagi samarali dasturlari asosida Pusandagi kema qurilishi va sanoat korxonalariga malakali ishchilarni yetkazib berish, migratsiya va mehnat resurslarini boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Pusan shahri meri Pak Xyong Chun Samarqand bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri