Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrining ko‘rki bo‘lgan Pur Siddiq majmuasi maqbara, masjid, kaptarxona, minora va darvozaxonadan iboratdir.
Majmuani mashhur sahoba Abu Bakr Siddiq nomi bilan bog‘laydilar. Buxoro amiri Subhonqulixon (1680-1702 yy.) tomonidan Marg‘ilondagi Pir Siddiq mozoriga berilgan vaqfnomada bu ziyoratgohga Movarounnahrda “Chahoryorlar” deb atalgan to‘rt xalifadan birinchisi Abu Bakr Siddiq (572-634)ning avlodi dafn etilgan, degan ma’lumotlar keltirilgan. Yozma hujjatlarda Hazrat Pur Siddiq nomi bilan qayd etilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan uning atrofida masjid, minora, maqbarali hovli, darvozaxona hamda kaptarxonadan iborat majmua paydo bo‘lgan. Shu sababli u xalq orasida “kaptarxona”, “kaptarli mozor” deb ham ataladi.
[gallery-19673]
Hozirgi kunda Pur Siddiq majmuasi davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, bu yerdan ziyoratchilar hamda sayyohlar qadami uzilmaydi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA