Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Puma” Isroil futbol jamoasiga homiylikni to‘xtatdi
14:38 / 2023-12-12

Germaniyaning sportchilar uchun kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Puma SE” kompaniyasi yangi strategiyasi doirasida futbol bo‘yicha Isroil milliy terma jamoasiga homiylik qilishni to‘xtatadi, deb yozdi “Financial Times” gazetasi korxona ichki hujjatlariga tayanib.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qaror bundan bir yil avval qabul qilingan va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakati tufayli kompaniya tovarlariga boykot e’lon qilish chaqiruviga aloqasi yo‘q.

“2024 yil sport kiyimi ishlab chiqaruvchi dunyodagi uchinchi yirik kompaniya sanalgan “Puma SE” Isroil futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomani uzadi, endi korxona ushbu davlat milliy futbol jamoasini kiyintirmaydi”, - deyilgan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, hozir “Puma” bilan Isroil terma jamoasi o‘rtasida 2018 yil imzolangan hamkorlikni boykot qilishga chaqiriq kuchaymoqda. Faollar kompaniyani Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘idagi Isroil qishloqlarini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblamoqda.

“Puma” Isroil jamoasidan yuz o‘girishi bo‘yicha qaror moliyaviy omil sabab qabul qilingan. Bu qadam kompaniyaning keng ko‘lamli strategiyasi bilan bog‘liq. Gazeta yozishicha, yangi strategiya doirasida hamda moliyaviy sabab tufayli korxona boshqa mamlakatlar terma jamoalari bilan ham hamkorlikni to‘xtatadi.