Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Puchon universitetining Toshkentdagi filialida maktabgacha ta’lim mutaxassislari tayyorlanadi
11:32 / 2018-03-27

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti professori Li Dong Vuk Toshkentda universitet filialini tashkil etish bo‘yicha guruh rahbari etib tayinlanganini ma’lum qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti professori Li Dong Vuk Toshkentda universitet filialini tashkil etish bo‘yicha guruh rahbari etib tayinlanganini ma’lum qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Puchon universiteti o‘rtasida Toshkent shahrida Puchon universiteti filialini ochish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu filialda maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fakulteti faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Kuni kecha vazirlik Puchon universiteti professorlari janob Li Dong Vuk va Li Xi Gyung xonim uchrashuv o‘tkazgan. Tadbirda hamkorlik munosabatlarining istiqboldagi rejalari, xususan, universitet filiali qurilishini tezlashtirish (Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Pedagogika kolleji xududida mazkur filialni qurish uchun yer maydoni ajratilgan), 3 yillik bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma o‘quv rejasini ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilingan

Tomonlar shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasi vakillarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim davlat dasturi ishlab chiqishda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham muhokama qilishgan. Uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga koreyalik mualliflar tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallar taqdim etilgan.