Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Puchon universiteti rektori bilan muloqot
11:04 / 2022-05-27

Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti va uning Toshkent shahridagi filiali rahbarlaridan iborat delegatsiyani oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qabul qildi.

Unda Janubiy Koreyadagi Puchon universiteti rektori janob Xon Jong Sok, birinchi prorektori Leye Jong Bok hamda Puchon universiteti Toshkent shahar filiali rektori Viktor Nam delegatsiyasi bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddi rahbarlari ham ishtirok etdi. 

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi Puchon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi qaroriga binoan mamlakatimiz  va Koreya Respublikasi  hamkorligida tashkil etilgan.  

Unda maktabgacha ta’lim, koreys tili va menejment, arxitektura kabi yo‘nalishlar mavjud. 



Mazkur oliy ta’lim muassasasi  O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshiradi. O‘quv jarayonlari kredit-modul tizimiga asoslangan. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shuni aytish joizki, Puchon universiteti rektorining Toshkent filialiga ilk tashrifi esda qolarli taassurotlar bilan yakunlanganini koreyalik martabali mehmon alohida ta’kidladi. 

Har ikki davlatning oliy ta’lim sohasi mutasaddilari mazkur  uchrashuvda hamkorlikning davomiy hamda samarador bo‘lishiga ishonch bildirdi. Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning kelgusi istiqbollari belgilab olindi. 

 

N.Usmonova, O‘zA