English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pskomda zamonaviy gidroinshoot barpo etilmoqda
15:15 / 2021-11-26

Ayni kunlarda “Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Pskom daryosida Pskom GESni qurish” investitsiya loyihasi amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur investitsiya loyihasi doirasida umumiy qiymati 799,6 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Unda belgilangan ishlarning hajmi va texnologik murakkabligidan kelib chiqib, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.  

Birinchi bosqich 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu davr mobaynida 412 million dollarlik ob’ektlarni qurish belgilangan. Ayni paytgacha belgilangan vazifalar doirasida 1-yarus suv qabul qilish inshooti, uzunligi 1 ming 288 metr bo‘lgan qurilish-ekspluatatsiya davrida suv o‘tkazuvchi yer osti tunneli, mazkur tunnelga qo‘shilgan uzunligi 285 metr bo‘lgan 1-2-agregatlarga suv olib keluvchi yer osti tunneli va 2 ta suv o‘tkazuvchi zatvorlarni boshqarish inshooti hamda yakuniy suv tashlash inshooti qurib bitkazildi.

“O‘zbekgidronergo” AJ tarkibidagi “Gidromaxsusqurilish” AJ bo‘lim boshlig‘i Qahramon Fatillayevning ma’lum qilishicha, mazkur inshootlar uchun metall mahsulotlari “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi “Suvsanoatmash” AJ tomonidan tayyorlandi. Shuningdek, gidromexanik uskunalar Rossiya Federatsiyasining “Energosila” MCHJ tomonidan yetkazib berildi hamda bevosita metall mahsulotlari va uskunalarni o‘rnatish ishlari tashkilotning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borildi.

– 46 kilometr ichki yo‘llar, 7 dona infratuzilma ob’ekti qurildi. bugungi kunda loyiha doirasida elektr uzatish tarmog‘i, daryoning chap qirg‘og‘ida suv o‘tkazish yer osti tunnelini qurish hamda kar’erlarda ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlar uchun 2018-2021 yillar davomida jami 91,3 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan. 2022-2026 yillarda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida qiymati 1,06 million dollarga teng 2 dona kichik bosimda ishlaydigan vaqtinchalik ishchi g‘ildiraklarni o‘rnatish hisobiga jami 401,5 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mo‘ljallangan, – dedi Q. Fatillayev.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda 387,6 million dollarga teng bo‘lgan to‘g‘on qurish rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq 2026 yilda foydalanishga topshiriladi. U yiliga o‘rtacha 946,1 million kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkonini yaratadi.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/J1JTOYtts0U" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Nasiba ZIYODULLAEVA, Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA