Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixotrop tabletkalarni yurtimizga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi
16:22 / 2022-02-07

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishning oldini oldi.

“Cariosiyo» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan avtotransport vositasida kirib kelgan xorijiy fuqaro S.I. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Yo‘lovchining egnidagi kiyimi cho‘ntagidan bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 200 dona «Fenazepam» psixotrop tabletkalari borligi aniqlangan. «Fenazepam» moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.  

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA