Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixologlar uchun o‘quv-seminari
12:22 / 2026-02-17

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida hududlarda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida bosqichma-bosqich o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi seminar Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab psixologlari ishtirok etdi.

Art-terapiya metodlari (ertak, qum art terapiyasi, ijodiy amaliyot) mavzusidagi mashg‘ulotlar maktab, oliy ta’lim hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari tomonidan olib borildi.

[gallery-27697]

Seminar doirasida ta’lim jarayoni ishtirokchilarini samarali psixologik qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlikka moyil pedagoglarni aniqlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish, bulling, suisid, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy charchashining oldini olish, stressga bardoshlilik darajasini oshirishga qaratilgan interaktiv usullar hamda simulyator va keyslar bilan ishlash kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olindi.

<iframe width="1188" height="668" src="https://www.youtube.com/embed/srzL9X7iPuM" title="Psixologlar uchun o‘quv-seminari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan surat va video