Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixologlar malaka oshirdi
06:34 / 2022-11-04

Andijon viloyatida umumta’lim maktablari psixologlariga amaliy, uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi tomonidan tashkil etilayotgan seminar-treninglarda umumta’lim maktablari psixologlari, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Viloyat halq ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi seminar-treningda maktab psixologlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil etildi, zamonaviy va samarali ish uslublarini faoliyatga tatbiq etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

[gallery-9423]

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashhis markazi uslubchilari tomonidan “Psixologik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish”, “Voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish”, “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi, mahorat darslari o‘tkazildi.

Mahorat darslarida ishtirokchilarga o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash, faoliyatdagi mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali va interfaol usullaridan foydalanish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.  

Seminar jarayonida psixologlar o‘zaro tajriba almashdi, kasbiy bilim va malakalarini boyitdi, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (foto),O‘zA