Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixologlar forumi o‘tkazildi (+video)
15:57 / 2025-12-23

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Maktab va maktabgacha ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi psixologlar forumi o‘tkazildi.

Forum davomida psixologlar uchun 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy ish reja taqdimoti va guruhlarda “Addiktiv xulq-atvor turlari, sabablari va profilaktikasi”, “Agressiv xatti-harakatlar”, “Autodestruktiv  xulq-atvor profilaktikasi” va “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida delikvent xulq-atvor profilaktikasi”, “Qadriyatlar shaxsning asosi sifatida” mavzulari asosida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilishiga erishildi.

Ushbu tadbirning o‘tkazilishi psixologlarga bildirilgan e’tibor natijasi bo‘lib, o‘z kasblarining fidoiysi, mas’uliyatli bo‘lishi, kelajak avlod tarbiyasiga ayniqsa ularning ruhiy salomatligiga katta hissa qo‘shishlarida zamin bo‘ladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QR-0mNp_8Bg" title="Psixologlar forumi o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA