Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar bormi? (+video)
19:28 / 2023-07-14

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali bo‘lib o‘tgan ovozli chatda O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi, oila va bolalar psixologi Shoira Isoqova ishtirok etdi.

Mazkur chatni Youtube kanali orqali video shaklda ko‘rishingiz mumkin.    

— Yurtimizda psixologlar faoliyatini tartibga soladigan qonunlar bormi?  

— O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hulkar opa Mahmudova bilan birgalikda “O‘zbekistonda psixologik xizmat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini taqdim etdik. Lekin u hali qabul qilinmadi. Qachonki qonun qabul qilinib, kuchga kirsa, ana undan keyin  nazorat o‘rnatadigan tizim paydo bo‘ladi. Hozir  ichki ishlar, prokuratura nazorat qilish huquqiga ega.  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi esa axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlar chiqishiga bevosita mas’ul.  

Psixologiya – biznes emas. Psixologiya ijtimoiy fan. Psixologiya bilan insonning ruhiyatini buzib yuborish, to‘g‘ri yo‘lda ketayotgan odamni yomon yo‘lga boshlash mumkin. Buni soxta psixologlar o‘ylayotgani yo‘q. Bularni nazorat qilishni qaysidir tizim zimmasiga olishi kerak. Yoki jamoatchilik sifatida ichki ishlar, prokuratura, ma’naviyat markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, diniy qo‘mita – hamma birlashishi kerak.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/e98YkgSn-XQ" title="Psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar bormi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Demak, bizning oqsayotgan masalamiz – qonunning yo‘qligi. Ushbu intervyudan keyin yuqori tashkilotlar bunga e’tibor qaratishar degan umiddaman.  

N.Rahmonova,

A.Sodiqov (video), O‘zA