Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha majburlov choralari doirasi kengaymoqda
13:17 / 2019-08-24

Yuqori palata aʼzolari “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni koʻrib chiqdi.


Yuqori palata aʼzolari “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni koʻrib chiqdi.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartishlar kiritilmoqda. Ularda nafaqat ruhiy kasalliklar shifoxonasida, balki turarjoyidagi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida), yashash joyidagi umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash huquqi nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun qabul qilinishi ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga, bir vaqtda ularni jazolash imkoniyatini yaratishga, psixiatriya yordami koʻrsatishning amaldagi tizimi imkoniyatlaridan toʻliq va oqilona foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining sudlar, prokuratura organlari, advokatlar va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllaniladigan shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga solishga koʻmaklashadi.

Majlisda senatorlar mazkur hujjatning aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Xususan, davolash, profilaktika ishlari va ruhiy holatning buzilishini erta aniqlashni tashkil etishning yaxlit tizimini shakllantirishni taʼminlash orqali psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi samarasi ortadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.