Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilayotgani aytildi
13:25 / 2024-02-05

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mamlakatimizda farmatsevtika bozori hajmi 2 milliard dollarga yetgani aytildi.

Lekin, bu bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi fizik hajmda 40-45 foiz bo‘lsa-da, pul qiymatida 20 foizdan oshmaydi.

Oddiy qilib aytganda, o‘zimizda ishlab chiqarish bint, spirt, shprits, analgin va sitramondan nariga o‘tmayapti.

Dorilarni yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.

Dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

–Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizni sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘rayapti, – dedi Prezident.

O‘zA