English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"ProRun" ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
15:34 / 2025-12-08

Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "ProRun" ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

Keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilgan mazkur marafon “ProRun” tomonidan Toshkent xalqaro marafoni doirasida tashkillashtirildi. 

Marafonda 2 mingdan ortiq yugurishni xush ko‘ruvchi havaskorlar va professional sportchilar ishtirok etdi. Qatnashchilar 3 km masofani bosib o‘tdi.

Vatanimizga bo‘lgan hurmat, yagona bayroq ostida birdamlik va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilgan ushbu marafonda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xodimlari ham ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar marafonni yuksak ruhda yakunlab, o‘zaro hamjihatlik namoyon qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA