Bu yil ilk bor mamlakatimiz tarixida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari aralash saylov tizimi — majoritar va proporsional saylov tizimi orqali saylanadi. Shu kungacha tariximizda bo‘lib o‘tgan saylovlarning barchasi majoritar tizim asosida o‘tgan. Proporsional saylov tizimi esa bizning amaliyotimizda yangi.
Xo‘sh, proporsional saylov tizimi nima, uning kelib chiqish tarixi qanday? O‘zbekistonda mazkur tizimning qaysi variantidan foydalaniladi? Proporsional saylov tizimida saylangan nomzodlar taqsimoti qanday bo‘ladi?
Ko‘pchiligimizni qiziqtirayotgan bu kabi savollar yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hayitjon Turdiyev batafsil javob berdi.
Mutaxassisning qayd etishicha, proporsional saylov tizimi 1899 yilda Belgiya mamlakatida parlamentni shakllantirishda qo‘llanilgan. Keyinchalik Skandinaviya mamlakatlari, Shimoliy Yevropa davlatlarida tarqalib, bugungi kunda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatida parlamentni shakllantirishda aynan proporsional saylov tizimidan foydalanib kelinadi. Qirqqa yaqin mamlakatda esa aralash saylov elementi sifatida majoritar saylov tizimi bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi, jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini parlamentda ifodalashga bo‘lgan ehtiyoj proporsional saylov tizimining yuzaga kelishi va rivojlanishiga olib kelgan.
Mutaxassisning bu boradagi fikrlari bilan quyidagi videohavola orqali batafsil tanishish mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1rdR4ex6jnE" title="Proporsional saylov tizimida nomzodlar qanday taqsimlanadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA