Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokurorlar kambagʻal va ehtiyojmandlarga koʻmaklashmoqda
11:19 / 2020-07-05

Bu borada tuman va shaharlar prokurorlari biriktirilgan 2-sektor faoliyati muhim oʻrin tutmoqda.


Sirdaryo viloyatida ehtiyojmand, kam taʼminlangan, kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada tuman va shaharlar prokurorlari biriktirilgan 2-sektor faoliyati muhim oʻrin tutmoqda.

Sardoba tumani 2-sektor hududida joylashgan Yangiqishloq, Xalqobod va Quyitosh mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi jami 248 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 336 oila koronavirus pandemiyasi vaqtida joriy qilingan karantin sabab daromad olish manbaidan vaqtincha mahrum boʻlganligi aniqlandi. Ushbu ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Sardoba tumani prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Uralov hududda bir qator xayrli ishlarni amalga oshirganini alohida taʼkidlash lozim.

Hududdagi bunday oilalarning 54 nafar aʼzosi doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, kambagʻal oilalarning ishga layoqatli 44 nafar aʼzosiga gʻalladan boʻshagan maydonlardan 1 gektardan yer ajratilib, takroriy ekin ekib berildi. Bundan tashqari, kam taʼminlangan oilalarning 20 nafariga issiqxona qurib berilib, 4 nafariga uyida chorvachilik bilan shugʻullanishi uchun qoʻy, 17 nafariga esa parrandachilik bilan mashgʻul boʻlib, oʻzini oʻzi bandligini taʼminlashi uchun tovuqlar ajratildi. Qoʻlidan bichuv-tikuv keladigan 1 nafar fuqaroga tikuv dastgohi olib berildi.

Shuningdek, 2-sektor hududidagi 252 ehtiyojmand, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalarga karantin davrida muntazam ravishda 9 turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va moddiy yordam sifatida naqd pul berildi.

Ayni paytda ham ehtiyojmand oilalarga biriktirilgan 2-sektor hududidagi saxovatpesha homiylar tomonidan turli koʻrinishdagi “Saxovat koʻmaklari” va boshqa amaliy yordamlar koʻrsatish ishlari davom ettirilmoqda.