Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror yig‘ilish o‘tkazdi
21:08 / 2025-02-01

Buxoro viloyati prokurori Peshku tumani sektor rahbarlari, tegishli idora va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida Sadir mahallasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, mazkur sohada mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, energoresurslarni iqtisod qilish, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama qilinib, iqtisod qilishning qo‘shimcha manbalarini aniqlash bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari, viloyat prokurori Prezidentning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazdi. Unda jinoyat va huquqbuzarliklarni erta aniqlashda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri