Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh. Aminov ishtirokida Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari yoshlari uchun ochiq muloqot tarzidagi “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unga respublikaning mas’ul idora va tashkilot rahbarlari hamda 100 nafardan ortiq yoshlar jalb etildi. Uchrashuvga ushbu hududalardan prokurorlar otalig‘iga olingan yoshlar to‘liq qamrab olindi.
Tadbirda hududdagi manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning sodir etgan jinoyatlaridan pushaymonlik bilan qilmishlarining bugungi oqibatlari hamda kelgusidagi tanlagan yo‘llari bo‘yicha bildirgan fikrlari yoshlarga juda katta saboq bo‘ldi.

Ochiq muloqotda bildirilgan murojaatlar asosida, tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun 6 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratish masalasi joyida hal etildi. 2 nafariga dehqonchilik uchun yer ajratish belgilandi, 9 ta murojaat o‘rganish uchun muddat talab qilganligi sababli nazoratga olindi.
Tadbir yakunida o‘z mehnat faoliyatlarini samarali tashkil etgan va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal qilishda faollik ko‘rsatgan bir qator yoshlar yetakchilari va faol yoshlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA