English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
17:39 / 2025-12-17

Xo‘jayli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov ishtirokida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mas’ul vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari, Xo‘jayli, Taxiatosh, Sho‘manay va Qonliko‘l tumanlaridan prokurorlar otalig‘iga olingan 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlarning murojaati asosida tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun 9 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratish masalasi joyida hal etilgan bo‘lsa, ikki nafariga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun ish qurollari berildi. Ikki nafar yoshga maktab o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘rgatish uchun to‘garak tashkil etishiga ko‘maklashish belgilandi. Ikki nafar yoshning ilmiy ish bilan shug‘ullanishi uchun shu kunning o‘zida kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. 20 tadan ortiq murojaatni o‘rganish uchun muddat talab qilganligi sababli ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir yakunida o‘z mehnat faoliyatlarini samarali tashkil etgan va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal qilishda faollik ko‘rsatgan bir qator yoshlar yetakchilari va faol yoshlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri