Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror mahallaning “ikki qanoti” bilan xonadonlarga kirdi
19:18 / 2022-02-14

Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori F.Egamqulov o‘z sektori hududidagi Baland Chordara mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar ishlari agentligi vakili bilan birga uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, muddat va mablag‘ talab qiladigan masalalarning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, Yangiobod 1-berk ko‘chasida yashovchi A.Nizomovning ishsiz ekanligi va ro‘zg‘or tebratishda qiyinchilikka duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Axmadga shu hududga yaqin joyda, 19-maktabgacha ta’lim muassasasida xo‘jalik ishi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni borligi bildirildi va u ishga joylashadigan bo‘ldi.

G‘.HASANOV, O‘zA