Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prokuror kubogi”da kuchlilar saralandi
10:03 / 2024-03-30

Namanganda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talaba- yoshlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida uyushtirilgan mazkur turnirda 100 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz 48 kilogrammdan 90 kilogrammgacha bo‘lgan turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.  

Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar orasida milliy kurash turini keng ommalashtirishga qaratilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, ayol-qizlar o‘rtasida 48 kg. vaznda Ruxshona Mirzakarimova, 63 kg. vaznda Aziza Tohirjonova, erkaklar o‘rtasida 75 kg. vaznda Fayzullo To‘laboyev, 90 kg. vaznda Iskandar Abdug‘aniyev g‘olib bo‘lishdi.  

Turnirning taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar, faol kurashchilarga viloyat prokuraturasi tomonidan qimmatbaho  sovg‘alar, kubok, diplom va medallar taqdim etildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri