Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prokuror kubogi” g‘olibi aniqlandi
14:19 / 2023-06-06

Navoiy viloyati prokuratura organlari tizimida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha “Navoiy viloyati prokurori kubogi – 2023” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida prokuratura organlari xodimlarining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Musobaqada viloyat, tuman (shahar), ixtisoslashtirilgan va maxsus prokuraturalar xodimlari ishtirok etdi.  

Musobaqada Tomdi tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi F.Najmiddinov 1-o‘rin, Karmana tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi N.Yusupov 2-o‘rin va G‘ozg‘on shahar prokuraturasi ish yurituvchisi D.Nurmurodov 3-o‘rinni egalladi.  

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA