Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashga hissa qo‘shdi
13:08 / 2021-06-10

Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyorjon Ismoilov Furqat tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi bilan muloqotda bo‘ldi. Rasmiyatchiliklardan xoli bo‘lgan qabulda furqatliklar o‘zlarini qiynayotgan masalalarda prokurorga yuzlandi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit ajratish, ishga joylashtirish, aliment pulini undirish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish va boshqa ijtimoiy masalalarga doir 24 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi.

Murojaatlarning 11 tasi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan 13 ta murojaatlar ijrosi esa nazoratga olindi. Fuqaro X.M.ning ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan opasi A.M.ga nogironlik aravachasi ajratilishi hamda fuqaro A.Ch.ning ehtiyoji tufayli quloq eshitish moslamasi olishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari shu kunning o‘zida ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Sektor hududida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida kredit mablag‘i ajratish yuzasidan vazifalar belgilab olindi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shu kuni tadbir doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yigit-qizlarning mehnat bandligini ta’minlash maqsadida 100 nafardan ortiq yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi, payvandlash va boshqa asbob-uskunalar tarqatildi.

 

M. Sulaymonov, O‘zA