Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov tomonidan Buxoro shahri va Kogon tumanida investitsiya loyihalarini jalb etish hamda davlat va hududiy dasturlar asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mavjud muammolar o‘rganildi.
Dastlab, viloyat prokurori boshchiligidagi mutasaddilar shaharda faoliyat yuritayotgan “Leichter kamalak textilien” MCHJ tomonidan xorijiy hamkor “OTW OSTHESSISCHE TEXTILWERKE GMBH & CO KG” kompaniyasi bilan (Germaniya) qiymati 15 million AQSH dollari bo‘lgan matoni bo‘yash loyihasini amalga oshirish jarayoni bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Kogon tumanida qurilish ishlari amalga oshirilayotgan “Liya tekstil” MCHJ tomonidan qiymati 6,4 million AQSH dollari bo‘lgan matoni bo‘yash loyihasini amalga oshirish ishlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Buxoro city” da xorijiy hamkor “Niagara” MCHJ (Tojikiston) tomonidan qiymati 5 million AQSH dollari bo‘lgan zamonaviy uy-joy va biznes-markaz qurilishi loyihasini amalga oshirish jarayoni o‘rganildi.
O‘rganishda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Zarif Komilov,
O‘zA