Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror bolalar bilan sirlashdi
09:17 / 2021-08-11

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.Valiyev Payariq tumanida uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan mehribonlik uylari va O‘zbekiston SOS bolalar mahallalari Samarqand filialining 48 nafar tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.

Shu yilning 28 iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari muhokama etilib, bu borada yangi tizim asosida ish olib borish belgilangan edi.

Ushbu yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda B.Valiyev har bir bola bilan muloqot qilib, ularning orzu-niyatlari, muammolari bilan qiziqdi. Qayd etilgan muammolarni qisqa muddatda hal qilish yuzasidan har bir bolaga bir nafar prokuratura xodimi biriktirildi.  

Shuningdek, tadbirda bolalar yashayotgan muassasalardagi shart-sharoit, muammoli masalalar yuzasidan fikr almashib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

G‘.HASANOV, O‘zA