Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror “BMB NRC Agrologistics” – “Megaloyiha”si bilan tanishdi
15:47 / 2022-07-14

Jizzax viloyati prokurori Sharof Rashidov tumani 2-sektor hududida Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan va “Megaloyiha” deb ta’rif berilgan zamonaviy “Agrologistika” majmuasida bo‘ldi.

Xizmat safari chog‘ida viloyat prokurori, 2-sektor rahbari Islom Ergashxodjayev “BMB NRC Agrologistics” qo‘shma korxonasi tomonidan barpo etilayotgan mazkur kompleksdagi bunyodkorlik ishlari hamda kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

“Agrologistika” kompaniya kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida viloyat prokurori “Megaloyiha” deb ta’riflangan ushbu kompleks shubhasiz Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan yirik majmua bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, 2-sektor rahbari kompaniyaning bunyodkorlik ishlarida har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi va kompaniya a’zolariga o‘zining zarur maslahat va ko‘rsatmalarini berdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kompleks joriy yilning 4-choragida foydalanishga topshirilishi nazarda tutilgan.

A.Qayumov, O‘zA