Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror aholi murojaatlarini o‘rgandi
21:05 / 2023-08-17

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov Sirdaryo tumani Orzu mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Unda korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda 100 dan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, dehqonchilik uchun yer ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, imtiyozli kredit olish, o‘qish uchun kontrakt to‘loviga yordam, ichimlik suvi ta’minoti masalalarida 50 dan ziyod murojaat bildirildi.

Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. O‘rganish va muddat talab etiladigan masallar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

[gallery-13156]

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA