Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuratura xodimlari jurnalistlarni tabrikladi
17:26 / 2024-06-27

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar vakillari hamda jurnalistlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi prokuratura tizimida ham o‘zining yorqin samaralarini berayotgani, keyingi yillarda soha va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida  aloqa mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.  

Prokuratura va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, kamchilik va yutuqlar, istiqboldagi muhim vazifa va rejalar atroflicha muhokama qilindi.

[gallery-18021]

Tadbir yakunida prokuratura organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bir guruh OAV vakillariga viloyat prokurorining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

A.Qayumov,J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari