Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuratura Shuhrat Gʻaniyev tahdidli va qoʻpol soʻzlarni ishlatganligini aniqladi
15:10 / 2019-12-30

Bosh prokuratura Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyevga oid rasmiy bayonot berdi.


Bosh prokuratura Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyevga oid rasmiy bayonot berdi.

Joriy yilning 10-dekabr kuni Internet nashrlarida Fargʻona viloyati hokimi, senator Sh.Gʻaniyevga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar boʻyicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoshohbekati yonidagi avtomobil yoʻlida toʻplanib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz taʼminotida uzilishlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

Viloyat hokimligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishida Sh.Gʻaniyev Quva tumanidagi holat boʻyicha tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan chetga chiqib, tahdidli va qoʻpol soʻzlar ishlatgan. Ushbu holat nomaʼlum shaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan selektor yigʻilishida Sh.Gʻaniyev tahdidli va qoʻpol soʻzlarni ishlatganligi aniqlandi.

Sh.Gʻaniyevning soʻzlarida inson hayotiga va sogʻligʻiga tajovuz qiladigan real tahdid, yaʼni ularni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Biroq, Sh.Gʻaniyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi boʻla turib, Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi.