English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prokuratura “Shifoxona info” telegram bot kanalining samarali ishlashini nazoratga olgan”
15:00 / 2020-07-24

Birja savdolarisiz toʻgʻridan - toʻgʻri olingan un mahsulotini har bir oilaga kafolatli yetib borishi alohida nazoratga olingan.


Ayni vaqtda aholining bozorga bormasdan oziq - ovqat mahsulotlarini yashash joyida sotib olishlari uchun har bir mahalla, hatto, olis qishloqlargacha arzon narxda yetkazish tizimi joriy qilinmoqda.

Birja savdolarisiz toʻgʻridan - toʻgʻri olingan un mahsulotini har bir oilaga kafolatli yetib borishi alohida nazoratga olingan. Bu boradagi nazorat tadbirlari oʻz samarasini bermoqda. Xususan, 105 holatda qariyb 500 tonna unni qayta ishlash uskunasi boʻlmagan korxonalarga ajratilishi va talon - toroj qilinishining oldi olindi. 2.300 holatda qariyb 6 milliard soʻmlik oziq - ovqat mahsulotlarining qimmat narxda sotilishiga chek qoʻyildi.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov tizim xodimlari aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlarida ham ishtirok etayotgani haqida qoʻyidagi maʼlumotlarni taqdim edi.

“Koll-markaz”lar sonini koʻpaytirish uchun Toshkent shahrining oʻzida qoʻngʻiroqlarni qabul qilish uchun tez yordam markaziy stansiyasida qoʻshimcha 70ta joy tashkil etildi. Misol uchun, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tibbiy maslahat koʻrsatish boʻyicha 50 nafar koʻngilli shifokordan iborat “Koll-markaz” oʻz ishini boshladi. Ular qisqa vaqtda 36 mingdan ziyod murojaatchiga tibbiy maslahatlar berdi.

Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilash, ularning chaqiriqlarga yana-da tezkorlikda yetib borishi, tez tibbiy yordam vrachlarini yana-da malakaliroq xizmat koʻrsatishi uchun zaruriy yangiliklarni joriy etish toʻgʻrisidagi topshiriq ijrosi yuzasidan ham amaliy choralar qoʻllandi. Aholining tez tibbiy yordam xizmatiga boʻlgan zaruratini qondirish maqsadida qoʻshimcha 50 ta Damas, 12 ta Foton va 27 ta Isuzu maxsus avtomashinalari tez tibbiy yordam markaziy stansiyasiga ajratildi.

Shuningdek, Bosh prokuratura tashabbusi bilan tez orada “Shifoxona info” telegram bot kanali tashkil etilib, har bir kasalxonaga prokuratura xodimi biriktirilib, shahardagi kasalxonalarda mavjud boʻsh oʻrinlar (koyka) hisobi yuritilishi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda”.

Natijada haqiqiy maʼlumotlar muntazam ravishda “Koll-markaz”dagi chaqiruvlarni muvofiqlashtiruvchi dispetcherlarga taqdim etiladi. Bu esa chaqiruvga chiqqan tez tibbiy yordam brigadasini, zaruratga qarab bemorni kasalligi boʻyicha boʻsh joy mavjud boʻlgan yaqin oradagi shifoxonalarga yoʻnaltirishda qoʻl keladi.