English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish faoliyati kuchayadi
13:50 / 2024-07-20

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi.

Muhokamalar avvalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza tinglandi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda odil sudlovga erishish va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan sud-huquq islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Natijada fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaymoqda.

Qonun bilan sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi prinsipini, davlat manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash borasida sudlar tomonidan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki, shuningdek, ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilishga taalluqli protsessual normalar yanada oydinlashishiga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgani ta’kidlandi.

Ularga ko‘ra, davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlari, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqi, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqi belgilanmoqda.

Natijada prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi. Bundan tashqari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari to‘laqonli himoya qilinadi hamda sudlarda ishlarni muhokama qilishda qonuniylikni mustahkamlashga erishiladi.

N.Abduraimova, O‘zA