Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuratura nazoratida
13:12 / 2024-12-04

Buxoro viloyati prokurori U.Hamdamov Romitan tumani markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan “Gazli” shaharchasida aholi salomatligini tiklash va bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish, tabiiy gaz va energiya tejamkorligini ta’minlash borasida, shuningdek, shaharchadagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Gazli ko‘p tarmoqli sport majmuasida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan aholi uchun malakali shifokorlarni jalb qilish orqali ko‘chma tibbiy punkt va qulay binoda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Bundan tashqari, dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati, mahsulotlarning narx-navolari, xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya va jamoat xavfsizligi ta’minlanishi ahvoli o‘rganildi.  

Shu bilan birga, kam daromadli oilalar holidan xabar olindi. Ularning muammolarini hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

O‘rganish yakunida, viloyat prokurori shaharchada joylashgan harbiy qismda qish mavsumiga tayyorgarlik holati, harbiylarga yaratilgan sharoitlar, ularning oila a’zolarini bandligini ta’minlashga e’tibor qaratdi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.