Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuratura faxriylari ulugʻlanmoqda
10:51 / 2024-01-08

Surxondaryo viloyatida Prokuratura organlari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan qonun himoyachilari sohada uzoq yillar mehnat qilgan va ayni paytda qarilik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olib, ular bilan dildan suhbatlashmoqda. Kasb bayrami bilan tabriklab, sovgʻalar ulashmoqda.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham erta tongdan faxriy ustozlarini yoʻqlab, ularning xonadonlarida boʻldi. Bayram bilan muborakbod etib, keksa avlod vakillari qalblariga bir olam quvonch ulashdi.

Norquvvat Nurmanov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini oʻtgan asrning 1990-yili Boysun tumani prokurorining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Shu yillarda sohada turli lavozimlarda xizmat qilib, koʻplab shogirdlar tarbiyalagan. Majburiy ijro byurosi tashkil etilgach, tizimni rivojlantirishda samarali xizmat qildi. Pensiyaga kuzatilgan N. Nurmanov hozir ham yosh xodimlardan oʻz maslahatini ayamaydi.

Kasb bayrami kuni soha faxriylarining xonadonlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ular davlat ijrochilari bilan oʻtgan davrlarini yodga oldi. Faoliyat boshlagan dastlabki yillardagi sharoit bilan keyingi yillarda yaratilgan qulayliklarni qiyosladi. Yosh xodimlarga tegishli maslahat berib, eʼtibor va eʼzoz uchun minnatdorlik bildirdi.

Xolmoʻmin Mamatrayimov,

OʻzA muxbiri