Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“ProgressGorTex”ning Oʻzbekistonda shoʻba xoʻjalik jamiyati tashkil etiladi
10:08 / 2018-12-24

“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.


“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq:

• “ProgressGorTex” MCHJning (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekistonda tashkil etiladigan shoʻba xoʻjalik jamiyati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻzbekkoʻmir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;

• ishonchli boshqaruv davrida “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.