Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Profilaktika va sog‘lomlashtirish kunlari": Sirdaryoda haftalik ishlar tahlil etildi
14:01 / 2021-10-22

Salomatlik – inson uchun berilgan benazir ne’mat. Bu ne’matni asrash o‘zimizga bog‘liq. Mutaxassislar «Kasalni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal”, deyishadi. Ammo by yo‘lda shifokorlar va tibbiyot tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning hissasi katta.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, yurtimiz bo‘ylab 4 oktyabrdan – 20 oktyabrgacha "Profilaktika va sog‘lomlashtirish kunlari" o‘tkazilgan edi. Sirdaryo viloyatida ham mazkur loyiha doirasida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.  

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.  

Sirdaryo viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxanova va Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi rahbari Barno Odilova boshchiligidagi ishchi guruh ishtirok etdi.

Ishchi guruhi Guliston shahar tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. So‘ng, viloyatning bir qator tumanlariga tashrif buyurdi va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari va u yerda tashkil etilgan "Ayollar maslahatxonasi", "Qizlar salomatligi", "Ona va bola klasteri", "Onko-nazorat xonasi", "Bolalar bo‘limi" faoliyatlari bilan tanishdi.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari bosh shifokorlari, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda o‘rganishlar va kuzatishlar natijasi keng tahlil etildi.

Unda Prezedentning sohaga aloqador qarorlari, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida so‘z bordi. O‘rganishlar natijasi, soha xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama etildi.  

– Profilaktika va sog‘lomlashtirish kunlari" doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi, – deydi Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev. – Jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari xodimlari tomonidan 4- va 3-xavf guruhlariga mansub aholi qatlami uchun “Xonadonbay” kesimda tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik natijasiga qarab, uyda yotib qolgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Muddat qisqa edi, ammo tibbiyot xodimlari imkon qadar sog‘ligidan shikoyat qilgan fuqarolarning barchasi bilan uchrashish, o‘z maslahatlarini berishga harakat qildi. Joylarda sog‘lom turmush tarzi, uni hayotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazildi. Maqsadimiz, aholiga namunali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdir.  

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov(surat), O‘zA