Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktika tinch, to‘kin turmush kafolati
16:25 / 2024-06-25

Surxondaryo viloyatida vohaning kriminogen vaziyati og‘ir mahallalari vakillari uchun ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

IIB akademiyasi professor-o‘qituvchilari, davlat hokimiyati va idoralari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etayotgan mashg‘ulotlarda ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan ishlashda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mexanizmlari, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan amalga oshiradigan chora-tadbirlari, hujjatlarni yuritish tartiblari xususida atroflicha ma’lumot bermoqda. 

Termiz muhandislik texnologiya institutida bo‘lib o‘tgan sayyor o‘quv mashg‘ulotida viloyatning yettita tumani sektor rahbarlari, “qizil toifa”ga kiritilgan 27 ta “mahalla yettiligi” qatnashdi. 

Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik M.Boltayev va boshqalar keyingi yillarda mahallalarda jinoyatlarni jilovlab, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. Aholining tinch, osuda hayotini ta’minlash uchun “mahalla yettiligi”ning vazifalari, mahallalarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “qizil toifa”dagi hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish xususida fikr almashdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining o‘tgan yil 30 martdagi qo‘shma qaroriga muvofiq viloyatda joriy etilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining natijalariga e’tibor qaratildi. 

Bu haqda xabar bergan viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini ta’minlashga mas’ul mutasaddilarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari vohaning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri