Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktika inspektori pora olgan vaqtda qo‘lga olindi
10:38 / 2025-11-07

Korrupsiyaviy holatlardan barchamiz noliymiz. Shu illat bo‘lmasa, hammasi yaxshi bo‘lar edi, degan fikrdamiz. Ammo oramizda vakolatli shaxslarga pora taqdim etayotganlar ham bor. Mana shunga barham berilsagina, jamiyatda poraxo‘rlik to‘xtaydi. Tamagirlik qilgan yoki ochiqcha pora olmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslar haqida tegishli organlarga xabar berilsa, shu onda poraxo‘rdan qutulish mumkin.

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Bundan oldin Toshkentda Ichki ishlar xodimi 50 ming AQSH dollari miqdoridagi porani olmagan, pora bergan shaxs esa jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.  

Ichki ishlar organlari xodimiga 10 ming AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan shaxs qo‘lga olingan va o‘z vazifasini vijdonan bajargan tezkor xodim vazir tomonidan mukofotlangan.  

Toshkent shahrida YPX guruh komandiriga 500 AQSH dollarini pora tariqasida taklif qilgan «Onix» haydovchisi qo‘lga olingan.  

Ichki ishlar organlari xodimlarining korrupsiyaviy  harakatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lganda, 1102 yoki (71) 234 31 74 raqamlariga xabar berish kerak. Xabar berganning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

N.Abduraimova, O‘zA