Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktik tadbirlarda fosh etildi
16:51 / 2025-09-22

Jizzax shahrida “Xavfsiz hudud – dolzarb 10 kunligi” doirasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda Ichki ishlar organlarining uzviy hamkorlikdagi harakatlari tufayli giyohvand moddalar bilan bog‘liq qator qonunbuzarliklar bartaraf etildi.

Xizmat itlari yordamida o‘tkazilgan reyd davomida Patrul-post xizmati boshqarmasining kinologiya bo‘linmasi safdori Bobur Aliyev o‘zining “Nil” laqabli iti bilan shaharning Ittifoq mahallasi hududidan kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop modda yashirilgan 9 ta nuqtani topishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinroq qo‘lga olingan Jizzax shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashovchi J.X. ushbu moddani 1 million so‘mga sotish maqsadida 9 nuqtaga 0,7088 gramm psixotrop vositani ko‘mib qo‘yganini tan oldi. Holat yuzasidan qonun doirasida tergov harakatlari boshlab yuborildi.

Giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq yana bir holat esa viloyatning Sharof Rashidov tumanida qayd etildi. So‘g‘diyona mahallasida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari o‘zlarini shubhali tutayotgan 3 nafar shaxsni to‘xtatib, qonun doirasida tekshiruv o‘tkazdi.

Shaxslarning biri — Samarqand shahrining “Quyi Xo‘jasoat” mahallasida yashovchi fuqaroning cho‘ntagidan 16 dona qadoqlangan psixotrop modda topildi. Suhbat davomida ikkinchi gumonlanuvchi yana 5 dona moddani mahalla hududiga ko‘mib qo‘yganini ma’lum qildi. Hodisa joyida topilgan moddalar ekspertizaga yuborildi va  ular  3,74 grammdan iborat kuchli ta’sir etuvchi psixotrop moddalar ekanligi aniqlandi. Bu holat bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari