Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda
11:38 / 2026-02-16

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudi tomonidan tuman “Musiqa va san’at” maktabi binosida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida sayyor sud majlisi va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. 

Unda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish orqali jinoyatchilikni keskin kamaytirish vazifalari belgilangani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Yangihayot, Ayronchi, Malikobod hamda O‘zbekiston mahallalarida jinoyatchilikka imkon yaratib berayotgan shart-sharoitlar muhokama qilinib, ularni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘tkazilgan sayyor sud majlisidan so‘ng O‘zbekiston mahallasi faollari hamda mahalla “yettiligi” bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mahallada ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika ob’ektlarining muammolarini o‘rganish va belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni sog‘lom turmush tarzi hamda sportga targ‘ib qilish, hududda sog‘lom muhit yaratish borasida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, zarur profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda fuqarolarning takliflari tinglandi. Suhbatlar jarayonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.

A. Bo‘riyev, O‘zA