English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktik tadbir natijasida fohishaxona fosh etildi
10:51 / 2022-01-04

Buxoro tumanida o‘z uyida fohishaxona ochgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan “Sog‘lom hayot” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Natijada olingan tezkor ma’lumotlar asosida tumanning “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro O.S. ismli ayolning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.  Ayol o‘z uyida ikki juftlik, ya’ni fuqarolar S.F. va Yu.U. lar hamda H.S. va M.G.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. 
Fuqaro O.S. ismli ayol uydan foydalanish davrining har bir soati uchun 100 ming  so‘mdan, jami 300 ming so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.S. ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA