Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professor-o‘qituvchilarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi tushuntirildi
11:00 / 2026-01-07

Termiz davlat universitetida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan seminarda Prezidentimizning 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”ga farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, xodimlarning ro‘yxatga olish jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash haqida fikr almashildi. 

Mamlakatimizda joriy yil 15 yanvardan 28 fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘lib o‘tadi. Farmonning 8-bandida barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalari 2026 yilning 15 yanvaridan 31 yanvariga qadar bo‘lgan muddatda census.stat.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan. Ayni paytda viloyatda mazkur jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Seminarda tajribali mutaxassislar qatnashchilarga census.stat.uz portalidan foydalanish va shaxsiy ma’lumotlarni kiritish tartibi, ro‘yxatga olishning birinchi bosqichida (internet orqali o‘zini-o‘zi ro‘yxatga olish) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik masalalar va ularni hal etish yo‘llari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning davlat iqtisodiy strategiyasini belgilashdagi ahamiyati xususida fikr almashdi.

Mashg‘ulot yakunida muhim jarayonni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri